Fuqarolarning davlatga ishonchi ortmoqda
#Sayyor_qabul Fuqarolarning davlatga ishonchi ortmoqda Bugun, Toyloq tumanining “Ravot” mahallasida tuman hokimi Behzod Raxmatullayevning fuqarolar bilan sayyor qabuli bo’lib o’tdi Tuman hokimi yig’ilganlarga hech bir murojaat e’tiborsiz qolmasligi, xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish, hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish bugungi kunimizning dolzarb vazifalaridan biriligini ta’kidladi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan ichimlik suvi inshoatidagi nosozliklarni bartarf etish, elektr ta’minotini yaxshilash, moddiy yordam va aliment masalarida yordam ko`rsatish hamda boshqa oilaviy masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi va har bir murojaatning hal etilishi nazoratga olindi.



