Faxriy ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi
Faxriy ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi
Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev turli sohalarda ko‘p yillar davomida fidokorona xizmat qilgan faxriy ustozlar- N. Raxmatova, T. Xudaynazarov va N. Mamanovlar holidan xabar oldi. Tadbir davomida ustozlarning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, yosh avlodni tarbiyalashdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Uchrashuv chog‘ida faxriylar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Faxriy ustozlarga esdalik sovg‘alari topshirildi, ular uchun yaratilayotgan sharoitlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Ustozlar o‘z navbatida e’tibor va hurmat uchun minnatdorlik bildirib, yoshlar tarbiyasi yo‘lida o‘z tajribalarini ulashishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Mazkur uchrashuv nafaqat faxriy ustozlarga hurmat ko‘rsatish, balki jamiyatda ularga bo‘lgan yuksak ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.