"Erta eksang-erta o'rasan"
"Erta eksang-erta o'rasan"
Erta tongdan Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev, Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari Botir Jabborov hamda faxriy nuroniylar, qishloq xo'jaligi faollari ishtirokida "G'alla-2026" urug'ini ekishni boshlash bo'yicha tumanning "Bandi kushod" ziyoratgohida imomlarimiz tomonidan dehqonchilikka baraka, g'allamiz serhosil bo'lishi, yurtimiz tinch va yurtboshimiz omon bo'lishlarini tilab quron tilovati qilinib, duoga qo'l ochildi.
Faxriy nuroniylar dehqonchilikning boshi urug‘dan, urug‘ sifatli bo‘lsa, hosil mo‘l bo‘lishi, sertifikatlangan g'alla urug'ini ertaroq ekish va uning agrotexnikasi haqida fikrlarini bildirdi.