|

Версия сайта для слепых
10-11-2025 11:37

DUSHANBA SANITAR KUN


DUSHANBA SANITAR KUN Avval xabar qilganimizdek (https://t.me/toyloq_hokimligi/47811), aholiga qulay shart-sharoit yaratish, bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda dehqon va fermerlarning yetishtirgan mahsulotlarini xalq dasturxoni uchun qulay tarzda yetkazib berish maqsadida Viloyat hokimligining tegishli xati hamda Toyloq tuman hokimining tegishli qaroriga muvofiq, endilikda Toyloq dehqon bozorida haftaning 6 kunida tashkil etiladi. Mazkur qarorga ko‘ra, Toyloq dehqon bozorida "Dushanba sanitar kun" sifatida belgilangan bo‘lib, bu kunda bozor hududida tozalash, dezinfeksiya va obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar! Belgilangan yangi tartibga amal qilishingizni hamda Toyloq dehqon bozori hududida faqat bozor kunlari savdo faoliyati bilan shug‘ullanishingizni so‘raymiz.

Teglar
- -