Don ekish ishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Don ekish ishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Seminarda Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev ishtirok etdi. Tuman rahbari Baxshitepa agrofirmasida yig'ilgan fermerlar bilan suhbatda bo‘lib, ularga yerlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, kuzgi boshoqli don ekinlarini qisqa muddatda sifatli ekish, sug‘orish va to‘liq undirib olish muhimligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, bug'doy ekish jarayonlarini jadallashtirish va mehnat resurslarini samarali taqsimlash bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Mazkur tadbirlar tuman qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qaratilgan say-harakatlar bir qismi bo‘lib, 2026-yilgi hosilning mo'l bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.