AHOLINING DOLZARB MUAMMOLARI O‘RGANILIB, IJOBIY HAL ETISH CHORALARI KO‘RILMOQDA
AHOLINING DOLZARB MUAMMOLARI O‘RGANILIB, IJOBIY HAL ETISH CHORALARI KO‘RILMOQDA
Toyloq tumani mahallalarida yashovchi aholining turmush sharoitini yaxshilash, mavjud muammolarni joyida o‘rganib, tezkor yechimlar ishlab chiqish maqsadida tuman hokimi B.Raxmatullayev Chorboqtepa mahallasi aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan piyodalar yo'lagi, moddiy yordam, tibbiy yordam, bolalar puli, elektr ta'minoti, ichimlik suvi kabi muammolar bo'yicha murojaat qilishdi.
Murojaatlarning aksariyati sayyor qabulning o‘zida hal etildi. Qolgan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Tuman hokimi mas’ullarga har bir murojaatni joyiga chiqib o‘rganish, huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berdi.