|

Версия сайта для слепых
07-11-2025 12:38

Davra suhbati o'tkazildi


Davra suhbati o'tkazildi Toyloq tumani hokimligida hokimlik, oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari, MFY raislari, imom-xatiblar, nuroniylar, ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirokida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan 2025-yil 16- avgust kuni hududda to‘y va marosimlarda kuzatilayotgan ortiqcha hashamat hamda dabdaba holatlarini oldini olish bo'yicha "Murojaatnoma" qabul qilinib, 20-avgust kuni to'y marosimlarga xizmat ko'rsatuvchi sub'yektlar bilan uchrashuv o'tkazilib, 200 kishidan oshmaslik bo'yicha me'yor belgilandi hamda marosimlar 3 kundan oshmasligi belgilab olinib, to'y va marosimlarni qisqartirish bo'yicha tuman hokimining maslahatchisi, jamoatchilik Kengashi raisi etib Qahhor Hojiqulov tayinlandi. Uchrashuvda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari Xolbek Kubayev ishtirok etib, fikr va mulohazalarini bildirdi hamda bu borada Toyloq tumani viloyatda namuna bo'lishida barcha salohiyat va sharoitlarga ega ekanligi qayd etildi. 🆕 Tadbir yakunida tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo'limi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tuman bo'limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi, tuman bosh imom xatibii va boshqa manfaatdor tashkilotlar hamkorligida jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Teglar
- -