insurez
12-08-2025 16:40

Davlatobod mahallasidagi murojaatlar tinglandi


Davlatobod mahallasidagi murojaatlar tinglandi

Bugun Davlatobod mahallasida Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayevning sayyor qabuli o‘tkazildi.
Dastlab, tuman hokimi tomonidan aholini bandligini ta’minlash, ajrimlardan holi, jinoyatchilikdan holi, migratsiyaga ketishni oldini olish, to’ylarni kam harajat va isrofgarchiliksiz o’tkazish bo’yicha so’z yuritildi.
Avvalo shakllantirilgan masalalar ro‘yxati e’lon qilinib, ularning ijro holati yoki bu borada belgilangan vazifalar to‘g‘risida axborot berildi. Shundan so‘ng, aholining elektr ta'minoti, yo'l ta'miri, oqova suv, ijtimoiy yordam kabi masalalarda bildirgan murojaatlari qabul qilindi.
Har bir masala ijrosi shu yerning o‘zida soha mas’ullari ishtirokida muhokama   qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.   
     
Xususan, tuman ETK rahbari murojaatlarni bugunning o‘zida joyiga chiqib o‘rganishi va asosli takliflar kiritishi belgilandi.

Teglar
- -