Dala madaniyati-fermer daromadi
Dala madaniyati-fermer daromadi
Bugun tuman hokimligining majlislar zalida tuman hokimi Behzod Raxmatullayev , tumandagi qishloq xo‘jaligi kompleksi tashkilotlari mas’ul xodimlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi.
Tadbirda ayni kunlarda fermer xo‘jaliklarida yer maydonlarida agrotexnik tadbirlarning borishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ekin yerlaridan samarali foydalanish, dala madaniyatiga e’tibor qaratish – fermerlarning dehqonchilikdan kafolatli iqtisodiy manfaatdorligiga erishish garovi ekanligi ta’kidlanib, bu borada aslo beparvolikka yo‘l qo‘yilmasligi uqtirildi.
Suv tejalishiga erishish maqsadida ariqlarni tozalash va ularni betonlash, g‘alla parvarishiga e’tibor qaratish, dala chetlaridan samarali foydalanish, daraxt, tut, tok va mevali ko‘chatlar ekishni ko‘paytirish va boshqa zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida sifatli amalga oshirish bo‘yicha soha xodimlariga tegishli topshiriqlar berildi.