insurez
16-09-2025 21:32

Chorvachilik rivoji – diqqat markazida


Chorvachilik rivoji – diqqat markazida

    Bugun tuman hokimi B. Raxmatullayev chorvachilik yo‘nalishida erishilayotgan natijalar, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar bilan tanishish maqsadida Navbahor mahallasida joylashgan “Siyob Shavkat Orzu” fermer xo‘jaligida bo‘ldi.
     Tashrif davomida hokim xo‘jalik faoliyati, chorva mollari soni, ularning salomatligi, parvarishlanish sharoitlari, yem-xashak bazasi hamda ishlab chiqarish samaradorligi bilan yaqindan tanishdi. Fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda xo‘jalikda chorva mollarining soni ortib bormoqda.
    Ayniqsa, naslli qoramollar sonini ko‘paytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar e’tiborga loyiq.
    Tuman hokimi B. Raxmatullayev chorvachilik yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, fermerlarga zarur ko‘mak ko‘rsatish va ularni rag‘batlantirish zarurligini ta’kidladi.

Teglar
- -