“BU YIL TAʼLIM YILI BO‘LADI”
“BU YIL TAʼLIM YILI BO‘LADI”
Bu haqida tuman hokimi Behzod Raxmatullayev 43-maktab binosining ochilish marosimida aytib o‘tdi.
Ochilishda nuroniylar keng jamoatchilik vakillari qatnashib maktabning yangi 240 o‘rinli qo‘shimcha binosini foydalanishga topshirishdi.
Maktab 1.8 koeffitsiyentdan 1.1 koeffitsiyentga tushirildi. Natijada o‘quvchi-yoshlar uchun qo‘shimcha fan to‘garaklariga qatnashish imkoniyati yaratildi.
Mazkur qo‘shimcha bino ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga, o‘quvchilarning bilim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.