Bog‘izog‘on yetakchi maskanga aylanadi
Bog‘izog‘on yetakchi maskanga aylanadi
Og`ir mahalalalar toifasiga kiritilgan Bog‘izog‘on mahallasini har tomonlama rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirish maqsadida hududda maxsus o‘rganish ishlari olib borildi.
Tuman rahbari boshchiligida mutasaddi tashkilotlar va soha mas’ullari ishtirokida mahallani taraqqiyot va yetakchi maskanga aylantirish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo`lgan loyihalar bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi va o‘rganildi.
Joyiga chiqqan holda aholining muammolari eshitildi, infratuzilma ob’yektlari holati o‘rganildi. Takliflar ichida yo‘l ta’miri, shuningdek, aholi uchun qulay jamoat joylarini yaratishga doir g‘oyalar bo‘ldi.
O‘rganish natijalari asosida aniq chora-tadbirlar belgilanib, loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.



