Bog‘izog‘on ko‘rkam va obod manzilga aylanadi
Bog‘izog‘on ko‘rkam va obod manzilga aylanadi
Bugun mahallaning asosiy ko‘chalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ezgu ishlar tuman hokimi B. Raxmatullayev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov hamda masʼullar boshchiligida amalga oshirilmoqda. Maqsad — mahallani yanada obod, ko‘rkam va zamonaviy maskanga aylantirishdir.
Bundan tashqari, aholi uchun mahallaning maxsus yo‘l yoqalarida “Salomatlik yo‘laklari” barpo etilmoqda. Ushbu yo‘laklar aholiga ertalabki va kechki piyoda yurish, yugurish, hamda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish imkonini beradi.