|

Версия сайта для слепых
08-11-2025 14:14

Asal festivaliga yuqori saviyada tayyorgarlik boshlandi


Asal festivaliga yuqori saviyada tayyorgarlik boshlandi Bugun viloyat hokimligi vakillari, tuman hokimi Behzod Raxmatullayev hamda viloyat miqyosidagi bir qator tashkilot va idoralar rahbarlari Darg‘om o‘rmon xo‘jaligida bo‘lishdi. Ular bu yerda tez orada o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Asal festivaliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish, mavjud sharoitlar bilan tanishish va tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish choralarini muhokama qilishdi. Tadbirda asal ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklari o‘z mahsulotlarini — asal namunalarini, asalari mahsulotlaridan tayyorlangan tabiiy dori vositalarini, shuningdek, ari terapiyasi yo‘nalishidagi xizmatlar namoyish etiladi. Ma’lumot uchun, Asal festivali 15-noyabr kuni Darg‘om o‘rmon xo‘jaligi hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu festivalda viloyatning barcha tumanlaridan asal ishlab chiqaruvchilar, hunarmandlar hamda mehmonlar ishtirok etishlari kutilmoqda.

Teglar
- -