insurez
12-08-2025 17:23

AHOLINING DOLZARB MUAMMOLARI O‘RGANILIB, IJOBIY HAL ETISH CHORALARI KO‘RILMOQDA


AHOLINING DOLZARB MUAMMOLARI O‘RGANILIB, IJOBIY HAL ETISH CHORALARI KO‘RILMOQDA

Toyloq tumani mahallalarida yashovchi aholining turmush sharoitini yaxshilash, mavjud muammolarni joyida o‘rganib, tezkor yechimlar ishlab chiqish maqsadida tuman hokimi B.Raxmatullayev Nayman  aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.
      Sayyor uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan turli mazmundagi muammo va takliflar yuzasidan amaliy yordamlar soʻrab murojaat qilishdi.
Murojaatlarning aksariyati sayyor qabulning o‘zida hal etildi. Qolgan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.     
 Tuman hokimi mas’ullarga har bir murojaatni joyiga chiqib o‘rganish, huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
TOYLOQ TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

 

Teglar
- -