Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish jarayonlarida barchamiz faol bo'laylik
Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish jarayonlarida barchamiz faol bo'laylik Toyloq tumanida 2026-yilda aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirlarini o'tkazishni tashkil etish bo'yicha shtab yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yigilishda Respublika O'rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov, tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, agentlik vakili H.Murodullayev hamda shtab azolari ishtirok etdi. Respublika O'rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov va tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan har bir komissiya va shtab a'zolariga tadbirni yuqori saviyada o'tkazish yuzasidan tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.



