35-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
35-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi Bog‘izog‘on mahallasida joylashgan 35-son oilaviy poliklinika ayni damda to‘rtta mahalla aholisiga xizmat ko‘rsatadi. Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev muassasasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirib, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, shuningdek, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tibbiy ko‘rikka kelgan fuqarolar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Poliklinikada mavjud kamchiliklar ham aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Yashil makon loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish, hududni har tomonlama namunali muassasa qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, aholini sog‘lom turmush tarziga odatlantirish bo‘yicha mas`ullarga aniq vazifalar yuklandi.



