29-maktabda 330 o‘rinli qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi
29-maktabda 330 o‘rinli qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida 29-maktabda 330 o‘rinli qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi.
Yangi o‘quv maskani o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarni yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida barpo etildi. Binoda zamonaviy sinfxonalar, fan xonalari, o‘quvchilar uchun zarur jihozlar o‘rnatilgan.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi B. Raxmatullayev, tumandagi nuroniylar, maktab direktorlari, jamoatchilik faollari hamda o‘quvchi va ota-onalar ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yosh avlodga bilim berish, ular uchun barcha sharoitlarni yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladilar.
Mazkur qo‘shimcha bino ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga, o‘quvchilarning bilim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.