insurez

Rahbaryat


  • Haydarov Sherzod Ravshanovich


    Lavozimi: Toyloq tuman xokimining Qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari


    Qabul kunlari:Chorshanba


    E-mail:haydarovsherzod@gmail.com


    Telefon raqami:939988967

  • NTCN

    Quyidagilar tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifa va funksiyalari hisoblanadi:

    qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlash;

    dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg‘or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

    suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish  samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo‘jaligi ob’yektlaridan foydalanish ishlarining va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining  bajarilishini muvofiqlashtirish;

    chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

    ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni ko‘paytirish;

    urug‘chilik va seleksiya ishlarini rivojlantirish;

    tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

    qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’yektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

    o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;