Yoshlarga e’tibor har qachongidanda yuksak

    Bugungi kunda tumanda 0-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 110 548 nafarni, 14-30 yoshdagi yoshlar 54 426 nafarni tashkil etadi.

2022 yilda “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘laridan 469,5 mln. so‘m qoldiq qolgan bo‘lib, 2023 yilning o‘tgan davrida  579 mln. so‘m mablag‘ jamg‘arilgan. Joriy yilning boshidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 322 nafar yoshlardan 210 nafariga 817.8 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.

Jumladan:

20 nafar yoshlar doimiy ishga joylashtirish orqali;

46 nafar yoshlar kelajak kasblariga o‘qitish orqali;

5 nafar yoshga safarbarlik chaqiruvi rezervi badal puli to‘lab berish orqali;

1 nafar yoshga turar joy ijarasi to‘lab berish orqali;

119 nafar yoshlarning to‘lov-kontrakt pullarini to‘lab berish orqali;

19 nafaryoshlar boshqa yo‘nalishlarda band qilish orqali “Yoshlar daftari”dan chiqarildi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning sektorlar kesimida tahlili

Sektor

Daftardga kiritilgan yoshlar soni

Daftardan chiqarilgan yoshlar soni

Daftarda qolgan yoshlar soni

Tuman jami

322

210

112

1-sektor

105

68

36

2-sektor

40

30

10

3-sektor

98

63

35

4-sektor

79

48

31

Barchangizning xabaringiz bor, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning birinchi mavsumida tumandagi 33 412 nafar yoshlar qamrab olinib, 4 ta mahalla fuqarolar yig‘ini (Nuroniy MFY – strit vokout, Xo‘jayuz MFY - stritbol, Charog‘bon MFY - stritbol, Eskijuma MFY - volebol) yoshlari viloyatda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika bosqichida faol ishtirok etishdi.

Ikkinchi mavsum davomida 44 360 nafar yoshlar qamrab olinib, 6 ta mahalla fuqarolar yig‘ini (Yastepa MFY - volebol, Beklar MFY – stol tennisi, Navbahor MFY - stritbol, Qo‘rg‘oncha MFY - raqs, Charog‘bon MFY - stritbol, Talliota MFY – strit vorkout) yoshlari viloyatda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika bosqichida 2- va
3-o‘rinlar
ni qo‘lga kiritishdi.

 

2023 yilda tumandagi umumta’lim maktablarini bitirgan bitiruvchilardan 31 nafar (2022 yilda 17 nafar) o‘quvchilar turli halqaro nifuzli oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin o‘qishga kirdi.

Joriy yilda 42 nafar bitiruvchilar oltin va 19 nafar bitiruvchilar kumush medallari bilan maktabni tamomlamoqda.

2022 yilda tumandagi 61 ta maktablarni 2385 nafar bitiruvchilaridan 743 nafari (31,3%) Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishgan edi.

2022/2023 o‘quv yilida OTMga kirish ko‘rsatgichini 40% dan oshirishni rejalashtirilganmiz.

Bugungi kunda tumanda jami 267 ta sport inshootlari mavjud bo‘lib, shundan 62 tasi yopiq, 205 tasi ochiq sport inshootlari. Mazkur sport inshootlarida bugungi kunda jami 11785 nafar yoshlar muntazam sport bilan shug‘ullanmoqda.

Tumandagi sport maktabi o‘ziga yaqin bo‘lgan hududdagi 27 ta maktablarga biriktirilib, 20 turdagi sport to‘garaklari tashkil etildi va ularga 1438 nafar o‘quvchilar qamrab olindi.

2023 yilning o‘tgan davri mobaynida Toyloq sport maktabining 36 nafar trener-o‘qituvchi va o‘quvchilari Respublika darajasidagi musobaqalarda ishtirok etib, diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Toyloq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining trener-o‘qituvchi va o‘quvchilari O‘zbekiston Chempionati va kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqalarda 85 ta 1-o‘rin, 49 ta 2-o‘rin, 52 ta 3-o‘rin;

Viloyat Chempionati uchun o‘tkazilgan musobaqalarda 29 ta 1-o‘rin, 14 ta 2-o‘rin, 16 ta 3-o‘rin;

Osiyo Chempionati va kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqalarda 4 ta 1-o‘rin, 1 ta
2-o‘rin, 2 ta 3-o‘rin;

Xalkaro turnirlar uchun o‘tkazilgan musobaqalarda 2 ta 1-o‘rin, 7 ta 3-o‘rin;

Natijada jami 297 ta medallar jamg‘arildi.

Barchangizning xabaringiz bor, joriy yilning 11 aprel kuni Muhtaram Yurtboshimiz rahbarliklarida “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida “Ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi xavfsizligimiz masalasi” ekanligi ta’kidlanib har bir mahalladagi yoshlarni 3 toifaga ya’ni qizil, sariq va yashil toifalarga ajratib, qizil va sariq toifadagi yoshlar bilan alohida ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganib, belgilangan tartibda hal etish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Shundan so‘ng, tumandagi 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, maktab direktorlari va patranaj hamshiralar bilan birgalikda yoshlarning ro‘yxatlari shakllantirilib, umumiy balans tayyorlandi.

Jumladan:

Xatlov natijasida, 54 nafar probasiya nazoratidagilar;

68 nafar profilaktik hisobda turganlar;

33 nafar oilaviy ajrim yoqasidagilar;

49 nafar notinch oila farzandlari;

179 nafar surunkali kasalligi bo‘yicha ro‘yxatda turuvchilar;

15 nafar muntazam dars qoldiruvchilar;

20 nafar chin yetimlar;

561 nafar nogironlar;

545 nafar migrasiyadan qaytib kelgan yoshlar aniqlanib, bular qizil toifaga kiritildi.

Tumandagi 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida “qizil” toifaga kiritilgan jami 1529 nafar yoshlarga tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, tumandagi korxona, tashkilot rahbarlari biriktirildi.

O‘tgan davr davomida biriktirilgan rahbarlar tomonidan qizil toifaga kiritilgan yoshlarning xonadonlariga tashrif buyurishib, 1480 nafar yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan uchrashuv va suhbatlar natijasida yoshlar tomonidan 1290 ta muammo va takliflar bildirildi.

Natijada Samarqand viloyati bo‘yicha Toyloq tumani 4-sektor, Ukrach mahalla fuqarolar yig‘inining “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha “YO‘L XARITASI” loyihasi tayyorlanib, Respublika Ishchi komissiyasida himoya qilindi hamda shu asosda tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining “Yo‘l xaritalari”, shu asosida har bir sektor rahbarining “Yo‘l xaritasi” hamda tuman “Yo‘l xaritasi” loyihalari tayyorlandi.

Qizil toifaga biriktirilgan 50 nafar tuman tashkilotlai rahbarlari tomonidan 1042 nafar yoshlarning ota-onalariga xatlar yuborildi.

252 nafar yoshlarning muammolarini hal etish maqsadida “Yoshlar daftari”ga kiritish uchun o‘rganishlar o‘tkazildi.

 

Tuman hokimining

o‘rinbosari                                                                      J.Haqberdiyev

2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi