Zamonaviy tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirildi
Galabotir mahallasidagi yangidan qad rostlagan oilaviy shifokor punkiti mustaqilligmizning 33 yillik shodiyonasi arafisida foydalanishga topshirilganligi mahalla ahliga bayram tuhfasi bo‘ldi.
Muassasaning eski binosi 1970-yillar atrofida qurilgan bo'lib, o'sha vaqtlarda Elipok shirkat xo‘jaligi bo'lgan, keyinchalik esa tibbiyot muassasiga moslashtirilgan. Bugungi kunda ushbu bino foydalanishga yaroqsiz bo‘lgani tufayli investitsiya dasturi doirasida 1 mlrd 450 million so‘m mablag‘ sarflandi.
Binoning ochilish marosimida tuman hokimi B. Bobonazarov, hokim o‘rinbosari J. Haqberdiyev, birlashma boshlig'i L. Rustamova, mahalla faollari, qishloq ahli, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi va binoda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.