Yoshlarning muammolari tinglandi
“Hokim va yoshlar” uchrashuvi doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev hamda Xo‘jayuz mahallasining uyushmagan yoshlari ishtiroк etishdi.
Tadbir avvalida J.Haqberdiyev yurtimizda yoshlar siyosati borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yigit-qizlarimizning o‘qishi, ishlashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun berilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yoshlardan turli masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning barchasi tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijroga yo‘naltirildi.