Yoshlar festivaliga start berildi
Bugun Toyloqda erta tongdan start olgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi festival “Salomatlik uchun 5 ming qadam” piyoda yurish marafoni bilan boshlandi.
"30-iyun - Yoshlar kun"i munosabati bilan tuman hokimligi, ichki ishlar, milliy gvardiya tuzilmalari, yoshlar va sport bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda sektorlar rahbarlari, korxona va tashkilot va muassasalar xodimlari, mehnat faxriylari, sportchilar, yoshlar yetakchilari, “Qalqon jasorat “ maktabi nodavlat harbiy vatanparvarlik sport muassasasi kursantlari, mahallalarning uyushmagan yoshlari va fuqarolar qatnashmoqda.
Toyloq tumani hokimligi binosi oldidan start olgan marafon ishtirokchilari tuman markaziy o‘yingohi tomon harakatlanishmoqda.