insurez
06-09-2024 17:18

Yoshlar bilan uchrashuv



                                                                    
   Toyloq tumani hokimi Bahodir Bobonazarov Do‘stlik mahallasidagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda asosiy e’tibor yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, hudud yoshlarini Oliy ta’lim muassasalariga kirish qamrovini oshiri, kasbga yo‘naltirish, ularni qiynayotgan muammolariga yechim topish kabi vazifalarni amalga oshirishga qaratildi.
   Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom muhitni yaratish kabi mavzularda ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi.    


   Shuningdek, sektor rahbari yoshlarning turli masalalarga oid muammolarini tinglab, ularga qonuniy echim izladi. Yoishlar tomonidan kelib tushgan murojaatlarning barchasi ro‘yxatga olinib, ijrosini ta'minlash maqsadida mas'ullarga biriktirildi.

Teglar
- -