insurez
03-06-2024 12:56

Xotin-qizlar bandligi: Tomrqadan 200 million so‘m daromad


Press-tur

    Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish,  iqtisodiy faolligini oshirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada hukumat tomonidan turli huquqiy hujjatlar qabul qilinib amaliyotga tadbiq etilmoqda. Xo‘sh bu borada Toyloq tumanida qanday ishlar amalga oshirilmoqda, Hotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, kasab-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqida OAV vakillari ishtirokida o‘tkazilgan press-tur davomida batafsil ma’lumotlar berildi. 


    Media-tadbir tumanning Talliota mahallasi misolida o‘tkazildi. Dastlabki manzilimiz ushbu mahallada yashovchi Sevara opa Allayeva xonadoni bo‘ldi. S.Allayeva 10 sotixli tomorqasidan millionlab darpomad topayotgan ayollardan.
   -Bir yilda to‘rt marta ekin ekamiz, 4 nafar qo‘ni xotin-qizlarni ish bilan ta’minlaganman, -deydi Sevara opa. - Bir mavsumda 500 mingta ko‘chat yetishtiramiz va 50 million, bir yilda esa 200 million so‘m daromad olamiz. Ko‘chatlarni byurtma asosida yetishtiramiz. Ayni damda Jizzax viloyatidagi mijozimiz uchun 136 ming dona pomidor ko‘chati uzyapmiz. Mana bu yerda, Urgut, Jomboy  tumanlari va Buxoro viloyatidagi mijozlarimiz uchun karam va gulkaram ko‘chatlarini yetishtiryapmiz. 


   Press-tur ishtirokchilari shu mahallani, qolaversa, 60 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarini non bilan ta’minlayotgan non ishlab chiqarish syexida bo‘lishdi. Tadbirkor Munavvar Muhammadiyeva tomonidan 2020 yilda tashkil etilgan mazkur korxona bir kunda 1000 dona qolipli non ishlab chiqarishadi. 


   Mo‘mina Habibullayeva ham mahallaning faol tadbirkor ayollaridan. U  xonadonidan oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotini ochib, 4 ta ish o‘rni yaratdi. Hozirda 50 nafar bolajonlarga ta’lim tarbiya berib, ko‘pning duosini olmoqda. 


  Qo‘li gul Iroda Tursunova esa mahallada tikuvchilik syexi ochib, 3 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minladi. U oilaviy tadbirkor dasturi doirasi imtiyozli kredit olib, tikuvchilik mashinkalari xarid qildi.  Bugungi kunda mahallaning xotin-qizlarini shogirdlikka olib, kasb-hunar sirlarini o‘rgatmoqda. 
   Mahallamizda 5016 nafar aholi istiqomat qiladi, shundan 2456 nafar xotin-qizlarni tashkil etadi. Ish bilan band ayollarimiz esa 1041 nafar, 57 nafar tadbirokr ayollarimiz bor, shundan 15 nafari oilaviy tadbirokrlik bilan shug‘ullanishadi, -deydi Talliota mahallasi xotin-qizlar faoli Zulfira Tolibova. -Ayni kunda ishsiz ayollar 28 nafarni tashkil qiladi, ularning 15 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 4 nafar xotin-qizimiz kasb-hunar maktabida o‘qitildi, 1-iyundan boshlab yana 5 nafar xotin-qizlar o‘qitilmoqda.  Mahallamizning 85 foiz aholisi tomorqachilik bilan shug‘ullanib, qo‘shimcha daromad topishmoqda.

Nigina RAHMATOVA,

jurnalist.

Teglar
- -