insurez
17-09-2024 10:13

Xonchorbog’ning yo’llari ta’mirlanmoqda


    So‘ngi yillarida tumanimiz ko‘rki tubdan o‘zgarib, obod va go‘zal maskanga aylanmoqda. Bunda  joylardagi muammolarni bartaraf etish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga,  joylardagi dolzarb muammolarni hal etishga jamoatchilikni keng jalb etishga qaratilgan yangicha yondashuv -  ”Tashabbusli byudjet” loyihasining hissasi katta bo‘lmoqda. 
    Xususan, joriy yilning  “Tashabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumida   Toyloq tumanidagi Xonchorbog’ mahallasi fuqarolari faol ishtirok etib, mahallaning asosiy va ichki yo‘llarini ta’mirlash loyihasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Ayni kunlarda mazkur hududda 2,5 km yo‘l asfalt qilinmoqda.

Teglar
- -