insurez
27-08-2024 16:39

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi 97-sessiyasi bo'lib o'tdi


   Unda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, sektorlar rahbarlari, siyosiy partiyalar, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari, “Qo‘shchinor” gazetasi muharriri hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. 

  Sessiya ishini Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, sessiya raisi Bobur Hamroyev olib bordi.

   Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish masalasi ko’rib chiqdi.

  Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining 2024-yil 21-avgustdagi 15-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o‘tkazish bo‘yicha jami 553 ta saylov uchastkalari tuzilgan  bo’lib,  shundan 56 tasi Toyloq tumani hududida tuzilgan.

 

Teglar
- -