insurez
21-06-2024 16:06

Uchrashuvlar yoshlar bilan rahbarlarni yaqinlashtirmoqda


  Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari E.Tolliyev  Toyloq tumanida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
   Uchrashuvda tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda yoshlar bilan do‘stona suhbatlashib, ularning muammolari tinglandi. Xususan, yoshlar mahallasidagi kutubxonani yangi badiiy adabiyotlar bilan boyitish, futbol maydoniga yoritgichlar o‘rnatish, tikuv mashinasi ajratish va boshqa masalalarda murojaat qilishdi. 


    Sektor rahbari tomonidan  muammolar o‘rganildi va ba’zilari joyida o‘z yechimini topdi. Vaqt talab etuvchi murojaatlar esa nazoratga olinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
    Tadbir yakunida kitobsevar yoshlarga sektor rahbari kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

Teglar
- -