Turon yakka kurashi bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi
Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida kattalar va kichik yoshdagi o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tgan bellashuvlarda respublikamizning barcha hududlaridan 300 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.
Murosasiz kechgan bahslarda umumjamoa hisobida:
Toshkent shahri sportchilari 1-o'rin,
Toshkent viloyati sportchilari 2-o'rin,
Samarqand viloyati hamda Farg'ona viloyati sportchilari 3-o'rinni egallashdi.
Musobaqaning g'olib-sovrindorlari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.