insurez
01-06-2024 13:00

Tumanimiz jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritdi


   Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Sazag‘on” dala o‘quv maydonida “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlarining Samarqand viloyati bosqichi o‘tkazildi. Unda tumanlardan 17 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan 120 nafar yoshlardan tashkil topgan 12 ta jamoa ishtirok etdi.
     Ishtirokchilarning O‘zbekiston tarixiga doir bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, saf qo‘shig‘i, “Biz bir jamoamiz” ko‘rik-tanlovi, pnevmatik quroldan o‘q otish, o‘quv granatasini uzoqlikka uloqtirish, harbiylashtirilgan estafeta,  duatlon, 100 metrga yugurish, turnikda tortilish bo‘yicha bellashdilar.


   Bundan tashqari, “Eng mohir mergan”, “Eng yaxshi granata uloqtiruvchi”, “Eng tezkor estafeta ishtirokchisi”, “Eng yaxshi sportchi”, “Eng kuchli sportchi” va “Eng yaxshi bilimdon” nominatsiyalari bo‘yicha shaxsiy birinchiliklar ham o‘tkazildi.
Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin Toyloq tumani jamoasi,
2-o‘rin Ishtixon tumani jamoasi, 
3-o‘rin esa Kattaqo‘rg‘on tumani jamoasiga nasib etdi.

Teglar
- -