Toyloqlik mirishkorlar g‘allaning har gektaridan 100 syentnerdan hosil olishdi
Bugun Toyloq tumani hokomining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Haydarov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda tumanda 2024 yil g‘alla hosili uchun o‘rim-yig‘imini betalofat o‘tkazish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
-Tumanda 2024 yil hosili uchun fermer xo‘jaliklari tomonidan 4175 gektar maydonga g‘alla ekilib, o‘z vaqtida agrotexnik talablari asosida parvarish qilindi va buning natijasida bug‘doydan joriy yilda mo‘l hosil yetishtirildi, -deydi Sh. Haydarov.
-Mavsum oldi yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish va shartnoma majburiyatlarini to‘liq bajarilishida 7 ta zamonaviy kombaynlar tayyorlanib, g‘allani o‘rish va qabul maskanlariga tashish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etish bo‘yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Tuman bo‘yicha jami 4175 gektar maydonlarda o‘rim-yig‘im ishlari amalga oshirilib, qariyb 32 949 tonna don ishlab chiqarildi.
Olingan yalpi hosilga nisbatan hosildorlik o‘rtacha har bir gektar maydondan 78.9 syentnerni tashkil qilmoqda.
Shundan, jami xo‘jaliklar tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun 10098 tonna rejalashtirilgan bo‘lib, xaqikatda 10 479 tonna rejaga nisbatan yoki 103.7 foiz miqdorda don topshirilishi ta’minlandi.
Tuman bo‘yicha 481 ta fermer xo‘jaliklardan 10 479 tonna g‘alla o‘rib olinib shundan 3581 tonna fermer xo‘jaliklari tomonidan davlat jamg‘armasi va vaqtinchalik saqlashga 6898 tonnadan g‘alla topshirilib, belgilangan shartnomaga nisbatan 104 foizga bajarilgan.
Shundan, 350 tadan ortiq fermer xo‘jaliklari tomonidan yalpi ishlab chiqarish hosildorligi gektaridan 75-80 syentnerdan yuqori hosil olganligi ma’lum bo‘ldi.
Masalan, Bog‘izog‘on agrofirmasidagi “Hayitboyeva Nigina Saidboyevna”, Saidnazarov agrofirmasidagi “Oybek Obid Jaxongir”, Jumabozor agrofirmasidagi “Chorva Parranda Baraka”, Davlatobod agrofirmasidagi “Musaffo Zamin Agro Invest” fermer xo‘jaliklarida 100 syentnerdan yuqori hosil yetishtirishga erishildi.
Gʻalla maydonlarida hosil cho‘g‘i baland bo‘lib, o‘rim-yig‘im ishlari yakunlandi.