insurez
14-09-2024 11:59

Toyloqlik ijodkorning kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi


    Bugun Toyloq tumanidagi madaniyat saroyida shopo‘lotlik ijodkor To‘xtatosh Turdiyevaning “Onamning o‘gitlari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari J.Haqberdiyev, N. Kambariddinova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z. Avazov, “Nuroniylar” kengashi raisi M. To‘rayev, “Qo‘shchinor” gazetasi muharriri M. Yo‘ldoshevalar hamda jamoatchilik vakillari, nuroniylar, mehnat faxriylari, otinoyilar ishtirok etishdi. 
    Tadbirda so‘zga chiqqanlar, T.Turdiyevani bugungi quvonchli kun bilan qutlab, uning ijodi haqida so‘z yuritishdi.  


   Tadbirning ikkinchi qismida tumanda to‘y-ma’rakalarni qisqartirish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, dabdababozliklarning oldini olish mavzusida so‘z bordi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z. Avazov tadbir ishtirokchilarini bu kabi holatlarga befarq bo‘lmaslikka, mahallalarda bu kabi targ‘ibot tadbirlarini davom ettirishga chaqirdi.

Teglar
- -