insurez
06-08-2024 11:44

Toyloqdagi “Mustaqillik maydoni” yangicha qiyofa kasb etadi


   Keyingi yillarda butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Toyloq tumanida ham katta o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Osmono‘par binolar, zamonaviy va ko‘rkam inshootlar qad ko‘tarlib,  tuman yangicha qiyofa kasb etmoqda. Qishloqlar infratuzilmasi yaxshilanib, obod manzillar ko‘paymoqda.  
   Ayni kunlarda Toyloq tumani hokimligi tashabbusi bilan yana bir ob’yektda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.  Tuman markazida joylashgan "Mustaqillik maydoni" qiyofasi o‘zgartirilib, "Baxtiyor ona bog'i" barpo etilmoqda.


    Maydon ko‘kalamzorlashtirilib, 500 dan ortiq manzarali daraxtlar va 20 mingga yaqin gullar ekilishi,  yo‘laklar va   bayram tadbirlari o‘tkazish uchun maydon hamda 2 ta musiqali favvora, maydon markazida esa hozirgi monument o'rniga  “Baxtiyor ona” haykali qurilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, hududda tungi yoritgichlar,  o‘rindiqlar va chiqindi qutilari va 2 ta suv chiqarish xandaki joylashtiriladi.

Teglar
- -