insurez
17-05-2024 12:29

Toyloqda yil yakuniga qadar 305 km optik tolali aloqa liniyalari o‘rnatiladi


   Bu haqidagi batafsil ma’lumotlar bugun tuman  telekommunikatsiyalar bog‘lamasi boshlig‘i Ozod Mutavalliyev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. 

   Raqamli infratuzilmani rivojlantirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, Toyloq tumanida 2024-yilning o‘tgan davri (1-chorak) mobaynida 82  km optik tolali aloqa liniyalari qurilgan. 1-chork yakuni bo‘yicha belgilangan yilik rejaning (305 km) 26 foizi bajarildi va yil oxiriga kadar 130 foiz yani 400 km tarmoq tortish ko‘zda tutilgan. Joriy yilning o‘tgan davri davomida Toyloq tumanida keng polosali Internet tarmog‘i ulanish qamrov darajasini oshirish maqsadida 3 ta jami 576 portli OTJ qurilmalari o‘rnatiladi va natijada umumiy keng polosali tarmoqqa ulaniladigan abonentlar soni 19 500 ga yetkaziladi.


   Toyloq tumanida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida, tuman hududida foydalanilayotgan mis tolali aloqa liniyalarini optik tolali aloqa liniyalariga o‘tkazish bo‘yicha ham bosqichma-bosqich ishlar tashkil etib borilmoqda. Jumladan, 2024-yil shu kunga qadar Bog‘izog‘on, O‘zbekiston, Talliota mahallalarida  ADSL texnologiyasidan GPON texnologiyasiga o‘tganligi sababli jami 14 km ga yaqin TPP kabellar demontaj kilinib, o‘rniga optik tolali kabellar tortilmoqda. 
    Shuningdek, matbuot anjumani davomida “O‘zbektelekom” AK tomonidan fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda 2024-yilda Toyloq tumanida  zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yil yakuniga qadar  amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. 
    Jumladan:
-305 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish;
-“O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali Toyloq tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va aholiga qulayliklar yaratish maqsadida “Yagona savdo ofisi”ni tashkil etish.
-Toyloq tuman hududida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash.
-Internet sifatini yaxshilash maksadida liniyadagi barcha nosozliklarni ketma-ket bartaraf etish kabilar rejalashtirilgan.

Teglar
- -