insurez
02-05-2024 16:50

Toyloqda o‘tgan uch oyda 1.63 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan



    Kadastr agentligi Toyloq tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning yanvar-mart oylari davomida tumanda 25 ta holatda jami 1.63 gektar yer maydonlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan. Bu haqda bo‘lim boshlig‘i Jamshid Hayitov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. 
  Shundan: 14 ta holatda 0,68 gektar yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilish  bilan bog‘lis yer qonunbuzilishini sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarga MJtKning 60-moddasi 2 va 3-qismlariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
   Ushbu egallangan yerlarning 4 ta holatda 0,33 gektar uy-joy qurish maqsadida, 10 ta holatda 0,35 gektar noturar joy qurish maqsadida foydalanish uchun egallab olingan.
    O‘zboshimchalik holatlarni bartaraf etish yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga tushuntirish va ogohlantirish xatlari yuborilishi natijasidan 2 ta holatda 0,055 gektar yer maydonlari dastlabki holatiga qaytarilib, ixtiyoriy bartaraf etilishi ta’minlandi.
Belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etilmagan 22 ta qonunbuzilish holatlari yuzasidan sud idoralariga noqonuniy qurilmalarni buzdirish va yer maydonini yer egalari hisobiga qaytarish to‘g‘risida da’vo arizalar kiritilgan. 
   Qonun buzilish xolatlarini tegishli organga murojaat etmaslik yuzasidan MJtKning 60-modda 1-qismi bilan 2 ta holat aniqlangan bo‘lib, belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy jarima jazosi qo‘llanildi.
   Bundan tashqari jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ktlariga bo‘lgan huquqlarni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik yuzasidan MJtKning 681-modda bilan 3 ta holat aniqlanib, belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilgan.
   Joriy yilning o‘tgan 3 oy davrida  Kadastr agentligining Toyloq tumani bo‘limi tomonidan kadastr sohasidagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 436,9 mln.so‘m miqdorida jarimalar qo‘lanilib, shundan 64,5 mln.so‘m miqdoridagi ma’muriy jarimalar imtiyozli 15 kun muddatda agentlik tomonidan undirilgan, 372,4 mln so‘m miqdordagi jarimalar majburiy tartibda undirish uchun majburiy ijro byurosiga yuborilgan

Teglar
- -