Toyloqda o‘qituvchi va murabbiylar kuni tantanali nishonlandi
Xalqimizda “Ustoz – otangdek ulug‘”, degan naql bor. Chindan ham, o‘qishni, yozishni o‘rgatgan, oq-qorani, yaxshi yomonni tanitgan, ilm-ma’rifat ila qalbimizga ziyo olib kirgan ustozlarimizni qancha maqtasak, e’tirof etsak shuncha kam. Shu boisdan har yili yurtimizda "1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni" bayram sifatida nishornlanib, o‘qituvchilar e’zozlanadi.
Ushbu sana bugun Toyloq tumanida ham katta tantana bilan nishonlandi. “Brilliant” tantanalar saroyida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi B. Bobonazarov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, xalq ta’limi bo‘limi xodimlari, o‘qituvchi va murabbiylar, xalq ta’limi faxriylari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida, tuman hokimi B. Bobonazarov ta’lim jonkuyarlarini bayram bilan qutlab, ezgu tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar, xalq ta’limi faxriylari bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.