insurez
25-04-2024 17:03

Toyloqda ona va bola salomatligi qanday muhofaza qilinyapti?


   

    Ma’lumki, mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. O‘tgan davr mobaynida millat genofondini yaxshilash, fuqarolarning tibbiy madaniyatini yuksaltirish, aholining uzoq umr ko‘rish darajasini oshirish, oilada sog‘lom avlod tug‘ilishi va ularning tarbiyasi uchun shart-sharoitlar yaratishga oid davlat dasturlari ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda.
Xo‘sh bu borada Toyloq tumanida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Ona va bola salomatligini asrash, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi qanday? Shu kabi savollarimizga bugun tuman hokimligida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shavkat Jabborov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida batafsil ma’lumot berildi. 
     -  Tuman aholisiga  1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 2 ta oilaviy poliklinika, 7 ta oilaviy shifokorlik punkti va 320 o‘rinli tuman markaziy shifoxonasi tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda, - deydi Sh. Jabborov.  -Tuman markaziy shifoxonasida 60 o‘ringa moslashgan ikki qavatli bolalar bo‘limi bo‘lib, joriy yilning birinchi choragida 997 nafar  bola davolanib chiqdi. 
        0-18 yoshgacha bolalar 83 311 nafar bo‘lib,  joriy yilning 3 oyida 30 050 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
     2024-yilning 3 oyida  tuman bo‘yicha 2-10 yosh  27600 nafar bolaga  antigelmint preparatlari  tarqatildi.
         Tumandagi 9128 nafar 12-18 yoshgacha bo‘lgan o‘smir qizlarning salomatligini saqlash, ularning doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tumandagi 2 ta OP, 7 ta OSHP va tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida malakali mutaxassislar tomonidan doimiy ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilib kelinmoqda. 2024-yilning 3 oyida  tumandagi 2592 nafar 12-18 yoshgacha bo‘lgan o‘smir qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik natijasida aniqlangan kasalliklar ambulator va stasionar sharoitda davolanib, sog‘lomlashtirilmoqda.  
      Tumanda 1 ta ayollar maslahat bo‘limi va 9 ta ayollar maslahat xonalari mavjud. Tuman markaziy shifoxonasida 75 o‘ringa moslashgan 2 qavatli tug‘ruqxona bo‘limi mavjud bo‘lib,  shundan 45 o‘rin akusherlik, 15 o‘rin ginekologik, 15 o‘rin xomiladorlar patalogiyasiga xizmat qiladi.
      Tumanda 2023 yilda onalar o‘limi  1 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024 yilning bugungi kuniga qadar onalar o‘limi  holati sodir bo‘lmagan.
       2023 yilning 3 oyida  jami tug‘ruqlar soni 1253 tani, 2024 yilning shu davriga kelib  1248 tani tashkil etadi. 
       2023 yilning 3 oyida hisobga olinganlar homiladorlar  1772 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning mos davrida  1704 nafarni ko‘rsatmoqda. 
   Istalmagan homiladorlikni oldini olish, tug‘ruqlar oralig‘ini optimal darajada saqlash maaqsadida TYOAlarga zamonaviy maqbul kontraseptiv vositalar bilan qamrab olinmoqda.  Birinchi chorakda 1329 ta bo‘lib, o‘tgan 2023 yilning mos davriga nisbatan 1313 taga ko‘p qo‘llanilganli bois, 35-44 yoshdagi tug’ruqlar, paritet bo‘yicha tug‘ruqlar hamda 1-2 yillik interval bo‘yicha tug’ruqlar solishtirilganda kamayganligini ko‘ramiz.

Teglar
- -