insurez
29-08-2024 22:12

Toyloqda Mustaqillik bayrami nishonlandi


    Yurtimizning barcha go‘shalarida bo‘lgani singari Toyloq tumanida ham eng ulug‘, eng aziz bayram -  Mustaqilligimizning 33 yillik ayyomi katta shodiyonalar bilan nishonlandi.
   Bayramga munosib tarzda bezatilgan o‘yingoh uzra  O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangradi. 
   Shundan so‘ng tumani hokimi Bahodir Bobonazarov so‘zga chiqib, toyloqliklarni ulug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.

 
  Tuman hokimi o‘z tabrigida inson qadri yanada ulug‘lanayotgan bu kunlarda bayram shodiyonalari har bir yurtdoshimiz qalblarida hayajon, shodu xurramlik bilan qarshilanayotganligi, xususan tumanning har bir go‘sha va maskanlarida o‘zgacha shukuh, xursandchilik bilan nishonlanayotganligini ta’kidladi.
  Davlat, jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari vakillari, mehnat faxriylari, faol yoshlar, shuningdek, tuman aholisi ishtirokidagi badiiy-musiqiy bayram tadbiri o’zgacha shukuh va ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.


    Bayram dasturini tuman madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar davom ettirdi.
  Tadbirga estrada xonandasi Shirin Zaitovaning ishtiroki toyloqliklarga haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi. Ular ijrosidagi sho‘x taronalar barchaga xush kayfiyat ulashib, raqsga chorladi.

  Shuningdek, bayram tantanasiga estrada xonandalari Odilbek Abdullayev hamda  Laylo Alimovalar ijrosidagi sho‘x qo‘shiqlar davraga bayram kayfiyatini ulashdi.

Teglar
- -