insurez
20-06-2024 16:12

Toyloqda joriy yilning o‘tgan davrida 10 ta avtoavariyalar sodir bo‘lgan, oqibatida 1 kishi vafot etgan


 

  Bu haqda bugun “Qo‘shchinor” gazetasi tahririyatida Toyloq tumani IIB  yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Shavkat Zayniyev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. 
   -Oxirgi yillarda mamlakatimizda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida ko‘plab chora-tadbirlar ko‘rilmoqda,-deydi Sh. Zayniyev. - Xususan, Toyloq tumanida yo‘l nazorati sohasi bo‘yicha joriy yilning 6 oyi davomida 28 ta eskirgan yo‘l belgilari yangisiga almashtirildi. A-377 avtomobil yo‘lining 16-17 kilometrlari oralig‘iga 3 kilometr piyodalar hamda velosiped yo‘laklari qurildi, yo‘l-transport hodisasi oqibatlarini  tasvirlovchi pano va banerlar o‘rnatildi.
  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 232-sonli Qaroriga asosan  avtomobil yo‘llarida transport vositalarining tezligini o‘lchovchi va qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan 2 ta fotoradar va 6 ta mulyajlar o‘rnatildi.

Teglar
- -