insurez
19-07-2024 16:15

Toyloqda joriy yilning I-choragi davomida mahallalar mahallalar byudjetiga 1.352 mln so‘m miqdorida mablag‘ jamg’arildi.


 

   Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan ko‘p qirrali, shiddatli islohotlar mahallalarni yanada rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashni taqozo etmoqda. Chunki hozirgi yangilanishlar davrida mahalla jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib xizmat qilishi lozim.

   Shu bois, Tumanimizda mahallalarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda va bu borada Toyloq tumani mahallalar uyushmasi tomonidan amalga oshirgan ishlar yuzasidan:

   Asosiy ko‘rsatkichlar

  Tumanda jami  221089 nafar aholi, 38443 ta xonadon 53126ta oila istiqomat qiladi.

 Toyloq tumani 4 ta sektor va 50 ta mahallada aholi muammolarini hal qilish, “mahalla yettiligi” hamkorligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash, aholi bandligini ta’minlash tizimini samarali tashkil etish yo‘nalishlarida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

   Bunda, dastlab aholining demografik va ijtimoiy holati, ta’lim, ijtimoiy soha ob’yektlariga doir jami 25 ta yo‘nalish, 401 ta ko‘rsatkich bo‘yicha 215 ta mahallaning, 4 ta sektorning balansi va shaharning umumlashma balansi shakllantirildi.

Shuningdek, har bir mahallada “Ombor kitobi” ishlab chiqildi.

   O‘tkazilgan xatlov va o‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan shu jumladan, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir qilayotgan muammolarni o‘rganish va hal qilish, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, “mahalla yettiligi” faoliyatini tizimli tashkil etish va yoshlar bilan ishlash maqsakdida har bir mahalla, sektor va shaharning “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi va ijroga qaratildi.

   Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 martdagi “Mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini  va hamkorligini samarali ta’minlash hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 137-sonli qaroriga muvofiq mahalla raisi tomonidan hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi yo‘lga qo‘yildi.

   Mahallalarda ish yuritishni tashkil qilish va olib borish tartibi yo‘lga qo‘yish bo‘yicha O‘zbekiston Mahallalar uyushmasinining 5-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan namuna asosida barcha mahallalarda hujjat yurituvi tadbiq etilmoqda.

   Raqamlashtirish orqali aholiga mahalladan turib davlat va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, barcha davlat organlariga murojaat qilish va ma’lumotlarning yagona bazasini yuritish maqsadida “Raqamli mahalla” platformasi yaratilib, bugungi kunda xonadonlar 100% ga oilalar 91% gaaxoli soni 87.5% kiritilib  ma’lumotlar shakllantirilmoqda.

   Bundan tashqari xorijga ishlash maqsadida ketgan yurtdoshlarimizga uslubiy va amaliy ko‘mak berish, migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam berish maqsadida Shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha viloyat, tuman va mahalla darajasida ishchi guruhlar tuzildi va ularning shtablari  tashkil etildi.

Xatlov natijalariga ko‘ra:

   14917 nafari bilan aloqa vositalari orqali bevosita yoki ularning yaqin qarindoshlari orqali bilvosita suhbat o‘tkazilib, anketa-so‘rovnomalari to‘ldirildi;

   57 nafarining o‘zi bilan yoki yaqin qarindoshlari orqali bog‘lanishning imkoni bo‘lmaganligi sababli anketa-so‘rovnomalari to‘ldirilmadi va bu bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnoma tuzildi;

  32 nafari boshqa hududlarda yashashi aniqlanganligi bois ularning anketa-so‘rovnomalari to‘ldirilmadi hamda belgilangan tartibda tegishli hududlarning mas’ullariga ushbu fuqarolarning ma’lumotlari taqdim etildi va bu bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnoma tuzildi.

   Tashkil etilgan Shtablar tomonidan xorijda yurgan hamda chet davlatlarga ketmoqchi bo‘lgan yurtdoshlarimizni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 4 aprelda imzonlangan PF-59-sonli Farmoni bilan belgilab berilgan bir qator imtiyoz va imkoniyatlar haqida to‘liq tushunchalar berildi.

  Qolaversa, har bir “mahalla yettiligi” zimmasiga har kuni 1 nafar migrantni qaytarish vazifasi yuklatilganligini inobatga olib, hududida migrantlar bilan ishlash borasida uslubiy va amaliy yordam berishga alohida e’tibor qaratilgan.

   “Mahalladagi yettiligi” tomonidan aholini tomorqadan samarali foydalanish, xonadonlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohalarini ko‘paytirib, har sotixdan 1-2 mln. so‘m daromad topishga o‘rgatish ishlari amalga oshirilmoqda.

   “Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyiliga asosida mahallalarda targ‘ibot ishlari olib borilib, aholiga tomorqadan unumli foydalanishida ko‘maklashilmoqda.

5) Mahallalarda hujjatlar aylanishining avtomatlashtirilgan axborot tizimini amaliyotga joriy etish va ijro intizomi nazoratini ta’minlash maqsadida viloyatdagi barcha 1126 ta mahallalarda “EDO.IJRO.UZ” elektron hujjat aylanish tizimini joriy etilmoqda.

  Toyloq tumanida bugungi kunda 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 50 ta mahalla raisi faoliyat yuritmoqda vakant mahallalar mavjud emas.

   50 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislaridan 5 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi. Shundan 44 nafari oliy, 5 nafari o‘rta maxsus, 1 tasi tugatilmagan oliy ma’lumotli. Shulardan 1 nafari bo‘lim tavsiyasi bilan imtiyozli ravishda Chirchiq davlat universitetida tahsil olmoqda.

   Toyloq tumanida 3 ta xonada faoliyat yuritayotgan mahallalar 6 ta, 4 ta va undan ortiq xonalarda faoliyat yuritayotgan mahallalar 44 ta.

   Bugungi kunda o‘z binosiga ega bo‘lmagan mahalla fuqarolar yig‘inlari 1 ta (“O‘rtaqishloq”) mahallasi, mazkur mahalla kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

   Bugungi kunda Talliota mahalla binosida qurilish ishlari davom etmoqda.

   Tepaqishloq mahallasi qayta rekonstruksiya qilinib zamonaviy kompyuter texnikalari hamda mebillar bilan jixozlandi.

   2024-yil davomida tumanda 2 ta Zarafshon va Shopo‘lot mahallalar binolari xashar yo‘li bilan joriy ta’mirlandi.

     Mahallalarda olib borilgan tadbirlar:

   Joriy yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida  shahardagi 50 ta mahallalarda 130 000 ta yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib, bog‘lar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda mahallalardagi 9 500 nafar yoshlar, 4 652 nafarga yaqin nuroniylar jalb qilindi.

   2024-yilning yanvar-may oylari davomida har bir shonli sanalar mahallalar kesimida keng nishonlanmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida har bir mahallada aholini, shu jumladan nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarni jalb etgan holda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar, ko‘rik-tanlovlar, xayriya tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda 36 381 nafar yaqin fuqarolar jalb qilindi.

   Bugungi kunda aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimi takomillashtirilib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, davlat soliq inspektori va ijtimoiy xizmat xodimlarining hamkorlikdagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda ularning vazifalari belgilab berildi.

 “Mahalla yettilik” xodimlari faoliyatini tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

  Toyloq tumanida 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inida “Yettilik xodimlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 50 ta mahalla raisi, 50 ta hokim yordamchisi, 50 ta yoshlar yetakchisi, 50 ta hotin-qizlar faoli, 50 ta profilaktika inspektori, 18 ta soliq inspektori va 21 nafar ijtimoiy xodim faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va vazifalari belgilab berilgan.

   2024 yilning yanvar-may oylari davomida “mahalla yettilik” xodimlari tomonidan “Mahalla balansi”, “Ombor daftari” shakllantirildi. Bugungi kunda “Raqamli mahalla” elektron platformasi joriy etilib, Unga ko‘ra har bir mahalla xodimi o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha ya’ni 21 toifa bo‘yicha ma’lumotlar elektron platformasiga kiritildi.

   Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PF-209-son “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoniga ko‘ra, 2024 yildan boshlab barcha mahallalarda “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etildi, bunda fuqarolar tomonidan to‘langan mol-mulk va yer soliqlarining 10 foiz qismi har bir mahalla uchun ochilgan Jamg‘armalarga yo‘naltirilishi belgilab berildi. Bugungi kunda Jamg‘arma mablag‘lari bevosita mahallalarda tashkil etilgan “mahalla yettiligi” tomonidan sarflanishi nazarda tutilmoqda.

  2024-yil davomida reja asosida mahallalar jamg‘armasiga 3 mld 93 mln so‘m miqdorida mablag‘ tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning I-choragi davomida 1.352 mln so‘m miqdorida mablag‘ tushirildi.

  Natijada, mahallalardagi kichik muammolarni hal etish uchun har bir mahallaning o‘z mablag‘i, jamg‘armasi shakllantirildi.

2024 yilda asosiy vazifalar va takliflar

1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni, aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan masalalarni hal etish maqsadida:

  •  Mahalliy byudjet va hashar yo‘li bilan 3 ta Taraqqiyot, Bog‘izag‘on, Gulobod mahalla fuqarolar yig‘inlarini xizmat binolarini  ta’mirlash;
  • 20 ta mahalla fuqarolar yig‘inilariga mebel va 23 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlash;

 

       

                Bo‘lim boshlig‘i                                                               A.Mirzoyev

Teglar
- -