Toyloqda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda tuman Probatsiya bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida tuman korxona va tashkilotlar shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari 215 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Tadbir davomida 15 nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Shundan 7 nafari ayollar, 8 nafari yoshlarni tashkil etadi. O‘qish istagini bildirgan 5 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘naltirildi.
Yarmarkada mehnat organlarining malakali mutaxassislari tomonidan 10 nafar fuqarolarga talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi.