insurez
04-06-2024 15:24

Toyloqda 5 mln 858  ming AQSH dollari qiymatida  meva-sabzavot konservalari, o‘simlik yog‘i  eksporti amalga oshirilgan


  Bu haqda bugun Toyloq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid Xo‘jamurodov ishtirokida “Xom ashyodan tayyor mahsulotgacha” tamoyila asosida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. 
   2023 yil yakunlari bilan tumanda jami 272,1 ming tonna, jumladan, 104 ming tonna sabzavot, 27,2 ming tonna meva, 93,3 ming tonna kartoshka, 4,2 ming tonna poliz, 43,4 ming tonna uzum mahsulotlari yetishtirilgan.
   Qolaversa, joriy yilda 39,4 ming tonna go‘sht, 89,4 ming tonna sut, 67,2 mln dona tuxum, 179 tonna pilli xom ashyosi yetishtirilishi rejalashtirilgan. 
    Tuman axolining bugungi kunda iste’mol talabidan tashqari,  29,9 ming tonna go‘sht, 58,4 ming tonna sut, 21,2 mln.dona tuxum, 78,6 ming tonna sabzavot, 11,3 ming tonna meva va 39,5 ming tonna uzum mahsuloti balansi yaratiladi.
   Mazkur mahsulotlar qo‘shni tumanlar, Samarkand shahri va viloyatlarga ham yetkazib berilishi bilan bir  qatorda bevosita tumanda aynan shu mahsulotlarning qayta ishlashiga ixtisoslashgan korxonalar uchun xom-ashyo sifatida foydalaniladi..
   Bugungi kunda tuman sanoatida jami 488 ta tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat ko‘rsatib kelishmokda. Birgina 2023 yilning yakunlari bilan  sanoat korxonalari tomonidan   2 mlrd. 458 mlrd so‘mlik  masulotlari ishlab chikarilib, 102,2 foizga o‘sish suratlari ta’minlandi.
   Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish  1 mlrd. 514 mlrd so‘mni, hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiharish 1 mlrd. 358 mlrd so‘mni (233 foizni) taқрkil qildi.


   Tumandagi qishloq xujaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan 7 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda 
Hozirda mazkur korxonalarda o‘rnatilgan quvvatlar hosobida 22 ming tonna uzum mahsuloti, 15 ming tonna quritilgan meva sabzavotlar, 30 ming tonna sabzavot, 50  ming tonna sut, 10 ming tonna go‘sht mahsulotlari qayta ishlash imkoniyati yaratilgan.
   Misol uchun «Bog‘izag‘on» mas’uliyati cheklangan jamiyati, «Vintradition»  xorijiy korxonasi, «Jomboy sharob» qo‘shma korxonasiga qarashli uzum qabul qilish punktlari tomonidan 19,1 ming tonna uzum mahsulotlari qayta ishlash uchun xarid kilinib, 83,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqildi. 
   Tuzilgan shartnomalar asosida 2 mln 495  ming AQSH dollar qiymatida  vino va vino materiallar eksporti amalga oshirildi.

Teglar
- -