Toyloqda 4354 gektar maydonga takroriy ekin ekiladi
Aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va fermer xo‘jaliklari iqtisodini mustahkamlash maqsadida, Toyloq tumanida joriy yil g‘alladan bo‘shagan jami 4354 gektar maydonга takroriy ekin ekish ko‘zda tutilgan. Har bir qarich yerdan unumli foydalanish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz fuqarolar, yoshlar va xotin -qizlarga yer ajratish va ularga serhosil va eksportbot mahsulot yetishtirishda ko‘maklashish maqsadida seminar tashkil etildi. "Ermatov Suyunboy" fermer xo‘jaligidagi g‘alladan bo‘shagan dala maydonida o‘tkazilgan seminarda, tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Haydarov , tuman fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari mas’ul xodimlari, tumandagi fermerlar , dehqon xo‘jaliklari va tomorqachilar ishtirok etishdi.
Seminarda mutaxassislar takroriy ekinlarning o‘ziga xos xususiyatlari, agrotexnik talablar, oziqlantirish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tishdi.