insurez
31-10-2024 14:50

Toyloqda 348 ta xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning 573 ta ishchi xizmatchilarining faoliyati qonuniylashtirildi.


    Bugun Toyloq tuman hokimligida tuman hokimining birinchi oʼrinbosari Jamshed Xoʼjamurodov ishtirokida matbuot anjumani oʼtkazildi. Unda tumanning mahalliy byudjetini shakllantirish va soliq tushumlari ahvoli boʼyicha maʼlumotlar berildi. 
    Toyloq tuman mahalliy byudjetining 9 oylik daromadlar rejasi 83.7 mlrd.soʼm etib belgilangan boʼlib, uning ushbu davrda soliq va soliqsiz tushumlarni inobatga olgan holda ijrosi 87.8 mlrd.soʼmga yoki 107.8 % ga bajarilganligi taʼkidlandi. 
   Shuningdek, tuman mahalliy byudjetining 2024 yil 9 oylik xarajatlari 177.9 mlrd.soʼmga rejalashtirilgan boʼlib, oʼtgan davrda164.5 mlrd.soʼm xarajat qilindi yoki mahalliy byudjet xarajatlari 92,4 % ga bajarilishga erishildi.
    Tuman mahalliy byudjetidan 1-darajali xarajatlar, jumladan, ish haqlari va unga tenglashtirilgan toʼlovlar, ish haqiga nisbatan pensiya fondiga ajratmalar va kommunal xizmatlar xarajatlari uchun toʼliq va oʼz vaqtida mablagʼ bilan taʼminlanib kelinmoqda.
    Oʼtgan davrda mahalliy byudjetning xarajatlari quyidagi guruhlar boʼyicha xarajat qilindi. 
-1-guruh (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlar) xarajatlari prognoz koʼrsatkichi 79.5 mlrd.soʼm boʼlib, ushbu davrda 77.9 mlrd.soʼmga;
-2-guruh (majburiy ushlanma) xarajatlari prognoz koʼrsatkichi 
18.8 mlrd.soʼm boʼlib, ushbu davrda 18.7 mlrd.soʼmga;
-4-guruh xarajatlari prognoz koʼrsatkichi 79.6 mlrd.soʼm boʼlib, ushbu davrda 67.9 mlrd.soʼmga kassa ijrosi bajarildi.
Tuman mahalliy byudjetining qoʼshimcha manbalari hisobidan
-“Tashabbusli byudjet” jamgʼarmasiga – 2350.0 mln.soʼm;
-“Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasiga – 100.0 mln.soʼm;
-“Аyollar daftari” jamgʼarmasiga – 400.0 mln.soʼm;
-“Yoshlar daftari” jamgʼarmasiga – 200.0 mln.soʼm mablagʼlar yoʼnaltirildi.
-Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” davlat dasturiga asosan Tepaqishloq MFYda olib borilgan quridish va taʼmirlash ishlari uchun – 1193.0 mln.soʼm.
-Tumandagi kam taʼminlangan oilaviy sharoiti ogʼir boʼlgan fuqarolarning davolanish xizmatlari uchun - 38,0 mln.soʼm mablagʼlar yoʼnaltirildi.
Tuman mahalliy byudjetining zaxira jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan quyidagi tadbirlarga mablagʼlar yoʼnaltirildi: 
-“Yangi Oʼzbekiston Yoshlari birlashaylik” shiori ostida oʼtkazilgan yoshlar festivali uchun – 252.0 mln.soʼm;
-Inson ijtimoiy xizmatlari markazi binosini taʼmirlash xarajatlari uchun – 143.0 mln.soʼm;
-Аholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida suv quvirlari xarid qilish uchun – 81.0 mln.soʼm;
   -Tumandagi kam taʼminlangan oilaviy sharoiti ogʼir boʼlgan fuqarolarning uy-joylarini taʼmirlash uchun – 109.0 mln.soʼm mablagʼlar yoʼnaltirildi.
   Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-5072-sonli Qarorlariga muvofiq uning ijrosini taʼminlash maqsadida Toyloq tumanida 2024 yil 9 oyi davomida “Tashabbusli byudjet” jamgʼarmasiga jami 28 mlrd 400 mln. soʼm mablagʼ yoʼnaltirilgan.
Ushbu yoʼnaltirilgan mablagʼ hisobidan loyiha smeta hujjatlari asosida tumandagi 13 ta hududda 34.7 km ichki yoʼllarni asfalt qilish uchun 17300 mln.soʼm;
  Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasalarni taʼmirlash xarajatlari uchun 2050,0 mln.soʼm;
    Toyloq Olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tiayyorlash markazini taʼmirlash uchun 1360,0 mln.soʼm;
     Doʼstlik MFYda sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi qurish uchun 1360,0 mln.soʼm;
   Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimiga qarashli 31-umumtaʼlim maktabini taʼmirlash uchun 1360,0 mln.soʼm;
   Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimiga qarashli 31-Davlat maktabgacha taʼlim muassasasini taʼmirlash uchun 1320,0 mln.soʼm;
    Tumandagi Talli ota MFY da 4 dona transformator 400 dona simyogʼochlar oʼrnatish uchun 1000,0 mln.soʼm; 

   Tumandagi Yangi xayot va Birlik MFY lari aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishi maqsadida 5.5 km tarmoq tortish va yangi suv inshooti qurish uchun 2710,0 mln.soʼm mablagʼlar yoʼnaltirilib bugungi kunda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. 

    Tuman mahalliy byudjetiga daromadlar tushumini kengaytirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
      Toyloq tumani buyicha 2024 yilning 9 oyi davomida 298 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar va 243 ta xoʼjalik yurituvchi subʼektlar(yuridik shaxslar) davlat roʼyxatidan oʼtkazildi.
2024 yilning 9 oyi davomida byudjet toʼlovlariga tushumlarni koʼpaytirish va qoʼshimcha manbalarni jalb qilish natijasida 348 ta xoʼjalik yurituvchi subʼektlardan 567.0 mln.soʼm qayta xisobotlar olinib, byudjet toʼlovlariga undirildi.
  Bundan tashqari, 348 ta xoʼjalik yurituvchi subʼektlarni 573 ta ishchi xizmatchilari qonuniylashtirilib 201.0 mln.soʼm qoʼshimcha daromad soligʼi hisoblanib, byudjet toʼlovlariga undirildi. 
2023 yilning 9 oyi davomida 42 xoʼjalik yurituvchi subʼektlar aylanmadan olinadigan soliq turiga 419.1 mln.soʼm toʼlovlarni toʼlagan. Ushbu xoʼjalik yurituvchi subʼektlar qoʼshilgan qiymat soligʼi toʼlovchisi boʼlganligi sababli 2024 yilning 9 oyi davomida 65.1 mln.soʼm toʼlovlarni amalga oshirib 2023 yilning 9 oyiga nisbatan 353.9 mln.soʼm kam soliq toʼlagan. 
   188 ta fermer xoʼjaliklari aylanmadan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan turi, yaʼni yiliga 20.0 mln soʼmdan soliq toʼlash rejimiga oʼtib, yanvar-sentyabr oylarida aylanmadan olinadigan soliq turiga 2 563.9 mln.soʼm soliqlarni toʼlagan boʼlsa, ushbu fermerlar 2024 yilda aylanmadan olinadigan soliq rejimi yaʼni 4-foizlik soliq toʼlash rejimiga oʼtib, ushbu fermerlar tomonidan 2024 yil yanvar-sentyabr oylarida aylanmadan olinadigan soliq turiga 816.1 mln soʼm soliqlarni toʼlab, 2023 yilning 9 oyiga nisbatan -1 747,9 mln soʼm kam soliq toʼlagan.

Teglar
- -