insurez
24-05-2024 16:59

Toyloqda 2025-2027-yilarda Adas shaharchasi, Nayman, Sochak va Baxshiteppa mahallalarining bosh rejalari ishlab chiqiladi


   Toyloq tumanining jami yer maydoni 27 ming 816 gektardan iborat. Toyloq tumani 3 ta shaharcha, 50 ta mahalla, 100 ta qishloqlardan tashkil topgan. 

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.07.2019 yildagi «2020-2022 yillarda mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 639-sonli qarori asosida 2020-2022 yillar mobaynida «Qishloqqurilishloyiha» MCHJ tomonidan Toyloq tumanidagi 50 ta mahalladan 5 ta mahallaning bosh rejalari ishlab chiqilgan. Bular Bog‘izog‘on, Talli-ota, Qo‘shchinor, Olmazor va Jumabozor mahallalaridir. 

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi “2018 — 2022-yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3502-qaroriga asosan «O‘zshaharsozlikliti» DUK tomonidan 2021-yilda tuman markazi ya’ni «Toyloq shaharchasining» ham bosh rejasi ishlab chiqilgan.
   Toyloq shaharchasining bosh rejasiga ko‘ra Birlik, Bog‘ichinor, Charog‘bon, Qo‘rg‘oncha va Muborak mahallalarini o‘z ichiga oladi. Shaharchaning jami loyihaviy maydoni 751,5 gektar, aholining loyihaviy soni 19.000 kishidan iborat. Ushbu bosh rejaga asosan Toyloq shaharchasi hududidan kutubxona, madaniyat uyi, konsert va raqs zallari, kinoteatrlar, mehmonxona va boshqa turdagi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlari qurilishi loyihalashtirilgan.
   Bundan tashqari, Toyloq shaharchasining markazida ishlab chiqligan master rejaga ko‘ra, jami 27.4 gektar yer maydonida 
4816 xonadonli 43 ta 16 qavatli turar joy binolari, 1 ta 1260 o‘rinli umumta’lim maktabi, 1 ta 360 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta 100 qatnovli oilaviy poliklinika, 1 ta yoshlar markazi hamda savdo, ko‘ngilochar va xizmat ko‘rsatish markazi qurilishi rejalashtirilgan. Va bu loyihaning amalga oshirilish muddati 2027 il yakuniga qadar belgilangan.
Bugungi kunda ushbu reja doirasida 10 ta 16 qavatli turar joy binolarida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

   Bundan tashqari:
 «Qishloqqurilishloyiha» MCHJ tomonidan 2021 yilda ishlab chiqilgan Bog‘izog‘on mahallasining bosh rejasiga ko‘ra mazkur hududda aholi punktining loyihaviy maydoni 163 gektar, aholining loyihaviy soni 4890 kishidan iborat. Hududda 5 qavatli 1 podezli 20 honadonli turar joy binolari, 630-o‘rinli maktab, 80-o‘rinli maktabgacha ta’lim muasssasi, yoshlar markazi, madaniyat saroyi, qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish markazi, mehnat guzari, istirohat bogi, nonvoyxona va boshqa ximat ko‘rsatish markazlari loyihalashtirilgan.

  «Qishloqqurilishloyiha» MCHJ tomonidan 2021 yilda ishlab chiqilgan Talliota mahallasining bosh rejasiga ko‘ra mazkur hududda Aholi punktining loyihaviy maydoni 187 gektardan, aholining loyihaviy soni 5787 kishidan iborat. Hududda 1 qavatida savdo majmualari joylashgan 5 qavatli turar joy binolari, 422-o‘rinli maktab, 90-o‘rinli va 140-o‘rinli  2 ta maktabgacha ta’lim muasssasi, yoshlar markazi, qadaniyat saroyi, qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish markazi, sport sog‘lomlashtirish markazi, supermarket, hammom, istirohat bogi, nonvoyxona va boshqa ximat ko‘rsatish markazlari loyihalshtirilgan.

  «Qishloqqurilishloyiha» MCHJ tomonidan 2021 yilda ishlab chiqilgan Qo‘shchinor mahallasining bosh rejasiga ko‘ra mazkur hududda Aholi punktining loyihaviy maydoni  297.6 gektardan, aholining loyihaviy soni 3832 kishidan iborat. Hududda 5 qavatli 20 honadonli turar joy binolari, 315-o‘rinli maktab, 100-o‘rinli maktabgacha ta’lim muasssasi, kinoteatr, amfiteatr, mehmonxona, sport sog‘lomlashtirish markazi, supermarket, mebel ishlab chiqarish korxonasi va boshqa turdagi binolar qurilishi loyihalshtirilgan.

  «Qishloqqurilishloyiha» MCHJ tomonidan 2021 yilda ishlab chiqilgan Olmazor mahallasining bosh rejasiga ko‘ra mazkur hududning aholi punktining loyihaviy maydoni 189 gektardan, aholining loyihaviy soni 6852 kishidan iborat. 
Hududda 1-qavatida savdo majmualari joylashgan 5 qavatli 24 honadonli turar joy binolari, 340-o‘rinli maktab, 100-o‘rinli 2 ta maktabgacha ta’lim muasssasi, dehqon bozori, mehnat guzari, supermarket, sport sog‘lomlashtirish markazi, qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi va boshqa turdagi binolar qurilishi loyihalshtirilgan.

«Qishloqqurilishloyiha» MCHJ tomonidan 2023 yilda ishlab chiqilgan Jumabozor mahallasining bosh rejasiga ko‘ra mazkur hududda aholi punktining loyihaviy maydoni 189 gektardan, aholining loyihaviy soni 6852 kishidan iborat. Hududida maishiy xizmat ko‘rsatish binolari, 990-o‘rinli maktab, 120-o‘rinli maktabgacha ta’lim muasssasi va boshqa turdagi binolar qurilishi loyihalshtirilgan.

Kelgusida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi «Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023-2027 yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-299 sonli qarori asosida 2025-yilda Adas shaharchasining bosh rejasi 2026-yilda Nayman va Sochak mahallari, 2027 yilda Baxshiteppa mahallasining bosh rejalari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

   Bundan tashqari:
 Qishloq aholi punktlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini barpo etish orqali aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning turmush darajasini oshirish  maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 martdagi «Islom Taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-141-sonli qaroriga asosan Madaniyat mahallasining bosh rejasi 2025 yilda ishlab chiqilishi belgilangan.

  Eslatib o‘tamiz: 
   Aholi punktining bosh rejasi  bu — aholi punktini hududiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini hamda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks shakllantirish shart-sharoitlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati hisoblanadi.

 

Farrux Halimov 

Toyloq tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i.

 

Teglar
- -