insurez
22-06-2024 12:29

Toyloqda 2024-2026-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida qiymati 57,4 mlrd.so‘mlik  16 ta loyiha amalga oshiriladi.


 

  Bugun Toyloq tumani hokimligi tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Eraliyev tadbir ishtirokchilariga investisiya dasturlari doirasida amalga oshirilishi  belgilangan loyihalar haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng Toyloq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 250 o‘rinli yotoqxona, 250 o‘rinli oshxona va 34x36 m o‘lchamli sportzal qurilish ishlari bilan tanishishdi. 
   Loyiha qiymati  17,1 mlrd.so‘m etib belgilangan mazkur ob’yektlarda qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, joriy yilning yakunida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan, - deydi tuman hokimining o‘rinbosari Sardor Eraliyev. -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda umumiy qiymati 57,4 mlrd.so‘mlik  16 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. 


     Jumladan, 7 ta (6, 8, 14, 22, 24, 34, 51) maktablar  26,0 mlrd. so‘mga rekonstruksiya qilinib, 2000 o‘rinli qo‘shimcha binolar quriladi, 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 4,68 mlrd.so‘mga rekonstruksiya qilinib, 120 o‘rinli yangi bino  quriladi,  “Galabotir” MFYda            1,5 mlrd.so‘mga “Ibn Sino” OSHP binosi rekonstruksiya qilinib, 50 qatnovga mo‘ljallangan yangi bino quriladi. tumandagi 6 ta (Davlatobod, O‘ray Elipok, Zarafshon, O‘zbekiston, Yangi hayot, Navbahor) mahallalarda 8,04 mlrd.so‘mga 6,5 km masofada qirg‘oq muhofaza qilish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
   Hozirgi kunda barcha ijtimoiy soha ob’yektlarida https://tender.mc.uz/ elektron platformasi orqali tender tanlovlari o‘tkazilib, g‘olib pudrat tashkilotlari aniqlab olindi.


   Tumndagi  6-umumta’lim maktabida 4,68 mlrd so‘mga 360 o‘rinli bino qurish rejalashtirilgan bo‘lib, "Bekzodbek quruvchi stroy" MCHJ pudrat tashkiloti, 8-umumta’lim maktabida  5,46 mlrd so‘mga 420 o‘rinli bino qurish rejalashtirilgan bo‘lib, "Mardi Bunyodkor qurilish" MCHJ, 14-umumta’lim maktabida 3,12 mlrd so‘mga 240 o‘rinli bino qurish rejalashtirilgan bo‘lib, "Jo‘rabek quruvchi servis" MCHJ, 22-umumta’lim maktabida 3,12 mlrd so‘mga 240 o‘rinli bino qurish rejalashtirilgan bo‘lib, "Soxtmon Lyuks stroy" MCHJ, 24-umumta’lim maktabida 3,9 mlrd so‘mga 300 o‘rinli bino qurish rejalashtirilgan bo‘lib, "Soxtmon Lyuks stroy" MCHJ, 34-umumta’lim maktabida 3,9 mlrd so‘mga 300 o‘rinli bino qurish rejalashtirilgan bo‘lib, "Mehr oqibat ramzi" MCHJ, 51-umumta’lim maktabida 1,8 mlrd so‘mga 140 urinli bino qurish rejalashtirilgan bo‘lib, "Qudrat MFI" MCHJ, 4-maktabgacha ta’lim tashkiloti 4,68  mlrd so‘mga rekonstruksiya qilinib, 120 o‘rinli  yangi bino qurilishi belgilangan, pudratchi tashkilot "Bulung‘ur oltin suv" MCHJ tanlovda g‘olib deb topilgan va qurilish ishlari boshlangan.


   Galabotir MFYda 1,5 mlrd.so‘mga “Ibn Sino” OSHP binosi rekonstruksiya qilinib, 50 qatnovga mo‘ljallangan yangi bino qurilishi belgilangan, pudratchi tashkilot "Utkir Sarbon Servis" XK tanlovda g‘olib deb topilgan va qurilish ishlari 65 foizga bajarilgan. Qolaversa, daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash borasidagi ishlar ham boshlangan bo‘lib, -Davlatobod MFYdagi 6-umumta’lim maktabi hududidan o‘tuvchi Darg‘om kanali PK135+00 dan PK138+00 gacha 0,3 km qirg‘oq himoya ishlarini 0,8 mlrd.so‘mga bajarish, O‘ray Elipok MFY hududidan o‘tuvchi Darg‘om kanalining PK61+00 dan PK77+00gacha 1,6 km qirg‘oq mustahkamlash va damba qurish ishlarini 1,9 mlrd.so‘mga bajarish belgilangan bo‘lib, loyiha ishlari tugallanmoqda.
    -Zarafshon daryosi bo‘yida  0,9 km, O‘zbekiston MFYda 0,2 km. Yangi hayot MFYda 1,7 km, Navbahor MFYda 1,8 km jami  5,8 mlrd. so‘mga 4,6 km masofada qirg‘oqni muhofaza qilish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi bayoni bilan mazkur ob’yektlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus pudrat tashkiloti bosh pudratchi etib tanlangan va hozirgi kunda O‘zbekiston MFYda ishlar to'liq tugallangan.

Teglar
- -