insurez
20-07-2024 15:42

Toyloqda 2024-2026-yillarda 43 ta 16 qavatli uy-joylar quriladi


   Bugun Toyloq tumani hokimligi tomonidan press-tur tashkil etildi. Unda ishtirokchilar tumanda aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi. 
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil  30-apreldagi PF-70-sonli “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tumanning Chorog‘bon mahallasida mavjud 27,4 gektar yer maydonida “Yangi O‘zbekiston” massivi sifatida ko‘p qavatli uy-joylar qurish parametrlari tasdiqlangan.
   Chorog‘bon mahallasi hududida joylashgan mazkur yer maydoni bo‘yicha ishlab chiqilgan bosh rejaga muvofiq 2024-2026-yillarda jami 43 ta ko‘p qavatli uy-joylarda 4816 ta xonadon, shundan 43 ta 3 xil tipdagi 16 qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. 


   2024 yilda 12 ta 16-qavatli 1120 ta xonadonli uylar qurilishi belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda “PROJEKT SAM BUILDINGS” MCHJ tomonidan 4 ta uyda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.
   Shuningdek, massiv hududida 1 ta 1200 o‘rinli maktab, 1 ta  360 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta 3 qavatli savdo markazi,  1 ta IT park va yoshlar markazi, 1 ta mahalla binosi, 1 ta oilaviy poliklinika, 1 ta nuroniylar choyxonasi, 1 ta maishiy xizmat ko‘rsatish binolari, 1 ta 9-qavatli 1200 o‘rinli va uy-joylar oldida 520 o‘rinli jami 1720 o‘rinli avtoturargohlar qurilishi belgilangan bo‘lib, bosqichma-bosqich uch yil davomida olib boriladi. 
   “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishi 3 bosqichda amalga oshiriladi, -deydi tuman hokimining o’rinbosari Sardor Eraliyev.
I bosqich – 2024-yilda 12 ta koʻp xonadonli uy-joylar;
II bosqich – 2025-yilda 16 ta koʻp xonadonli uy-joylar, 1 ta 360 oʻrinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, mahalla markazi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari.
III bosqichda – 2026-2027-yillarda 15 ta koʻp qavatli uy-joylar, 1 ta 990 oʻrinli maktab, 100 qatnovli oilaviy poliklinika, 1 ta yoshlar markazi hamda savdo markazi va xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi rejalashtirilgan.

Teglar
- -