insurez
03-06-2024 15:47

Toyloqda 2023-2030-yillarda jami 43 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan


          

  Bu haqida bugun Toyloq tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Jamshid Xo‘jamurodov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. 
  
   Tumandagi yosh oilalar, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan va boshqa uy-joyga muhtoj oilalar uchun 2010-2023 yillar davomida 2324 ta xonadonlar qurib topshirildi.
  Jumladan, 2010-2016-yillar davomida 674 ta 6 sotixli uy-joylar qurilgan bo‘lsa, 2017-2023 yillar davomida 1650 ta xonadonlar qurib, foydalanishga topshirildi. Yildan-yilga uy-joy qurilishi soni va sifati oshib bormoqda.
   Tumanning “Charog‘bon” massivida 2019-2023 yillarda jami bo‘lib 21 ta uy-joy, unda 1236 ta xonadonlar qurib bitkazildi. Jumladan, 4 ta 4 qavatli 96 xonadonli, 17 ta  12 qavatli 1140 ta xonadoni uy-joy, shundan 7 tasi 12 qavatli 60 tadan 420 ta xonadonli, 10 tasi 72 tadan 720 ta xonadonli uylar qurib bitkazilgan.
   Mazkur uylar 2019 yilda 4 ta 4-qavatli “Qishloq qurilish invest” IK buyurtmasi asosida, 2020 yilda 3 ta 12 qavatli, 2021 yilda 6 ta 12 qavatli, 2022 yilda 6 ta 12 qavatli va 2023 yil boshida 2 ta 12 qavatli qilib “Agromir Buildings” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurib bitkazildi. “Agromir Buildings” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 17 ta kup qavatli uy-joylar qurilishi uchun 450 mlrd.so‘mdan ortiq investisiya kiritildi.
  Tumanda kam ta’minlangan, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan oilalar hamda xotin-qizlar uchun 96 ta xonadon ajratilgan bo‘lsa, uy-joyi mavjud bo‘lmagan yosh oilalar, uy-joyga muhtoj bo‘lgan 460 nafar fuqarolarga subsidiya asosida xonadonlar ajratilib, 10,8 mlrd.so‘mlik boshlang‘ich badallari to‘lab berilgan.  

   Chorog‘bon mahallasi hududida joylashgan 27,4 gektar yer maydonida ishlab chiqilgan bosh rejaga muvofiq 2023-2030-yillarda jami 43 ta ko‘p qavatli uy-joylarda 4128 ta xonadon, shundan 43 ta 3 xil tipdagi 16 qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. 
 2024-yilda 10 ta 16-qavatli 1120 ta xonadonli uy-joylar qurilishi boshlab yuborildi  Shuningdek, massiv hududida 1 ta 1200 o‘rinli maktab, 1 ta  360 urinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta 3 qavatli savdo markazi,  1 ta IT park va yoshlar markazi, 1 ta mahalla binosi, 1 ta oilaviy poliklinika, 1 ta nuroniylar choyxonasi, 1 ta maishiy xizmat ko‘rsatish binolari, 1 ta 9-qavatli 1200 o‘rinli va uy-joylar oldida 520 urinli jami 1720 o‘rinli avtoturargohlar qurilishi belgilangan.

Teglar
- -