Toyloq tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan press-tur o‘tkazildi.
Unda korxona rahbari Toshtemir Hojiqulov ishtirok etdi va joriy yilning o‘tgan davrida korxona tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha OAV vakillariga ma’lumot berdi.Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari tumanda yo‘llarni saqlash va ta’mirlash borasidagi ishlar bilan joyiga chiqqan holda tanishishdi.
Xususan, “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” tamoyili asosida obodonlashtirilayotgan Tepaqishloq mahallasida 1 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari bilan tanishildi.
Korxona tasarrufida jami 127 km umumfoydalanuv yo‘llari mavjud, -deydi T. Hojiqulov. -Joriy yilda A377 Samarqand- Ayniy avtomobil yo‘lida 2 km, 4r50 Toyloq-Urgut 1km, 4R246 – Samarqand-Urgut yo‘lida 1 km, 4k 531 Davlatobod-Shoxkash yo‘lida 2 km ta’mirlash ishlari bajarildi. Qishgi qarov ishlari 122400 ming so‘m, saqlash ishlari- 961715 ming so‘m, jami 2272612 ming. so‘mlik yo‘l ta’mirlash ishlari bajarilgan.