insurez
08-06-2024 16:40

Toyloq tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.


Unda korxona rahbari Toshtemir Hojiqulov ishtirok etdi va joriy yilning o‘tgan davrida korxona tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuo‘yicha ma’lumot berdi. 
   -Joriy yilning o‘tgan vaqti mobaynida 660 000 ming so‘m joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, - deydi T.Hoiqulov.-Qishgi qarov ishlari  - 122 400 ming so‘m, saqlash ishlari- 534 618,79 ming so‘m, xalqaro avtomobil yo‘llari 147 121 ming so‘m, Davlat yo‘llari 280 583 ming so‘m, viloyat mahalliy yo‘llar 106 913 ming so‘m, asosiy faoliyat bo‘yicha jami 1 317 018.79 ming so‘m yo‘l ta’mirlash ishlari bajarilgan.
    Harakat xavfsizligini ta’mirlash maqsadida 14 dona yetishmaydigan yo‘l belgilari,135 dona eskirgan yo‘l belgilar almashtirildi, 8 dona yo‘naltiruvchi ustunlar o‘rnatish, 28 km yo‘l yoqasini mustahkamlash ishlari bajarilgan.

Teglar
- -